Qora rangdagi Moulinex DD5R38F0 immersion blenderi turli xil mahsulotlarni maydalash, aralashtirish va ko'pirtirish uchun mo'ljallangan. Qurilmaning quvvati 600 W ni tashkil qiladi. U har xil zichlikdagi masalliqlarga ishlov berish imkonini beradi va tayyor aralashmalarning bir xil konsistensiyasini ta'minlaydi.
Moulinex DD5R38F0 blenderini boshqarish tugma va burama mexanizm yordamida amalga oshiriladi. Ish tezligini ravon sozlash nasadkalar aylanishining optimal sur'atini tanlash imkonini beradi. Turbo rejim maydalashni tezda yakunlash yoki qumoqlarni tarqatish uchun motorni bir zumda maksimal quvvatda ishga tushiradi. Blenderning botiriladigan qismi metalldan tayyorlangan. U bilan deformatsiyadan xavfsiramay, issiq mahsulotlarga ishlov berish mumkin. Rezinalangan tutqich qulay ushlashni ta'minlaydi va ish paytida qurilmaning kaftdan sirg'alib ketishining oldini oladi. To'plamga 3 ta nasadka kiradi: sachrashdan himoyalangan blender, ko'pirtirish uchun venchik, shuningdek, hajmi 500 ml bo'lgan plastik idishli maydalagich. Qo'shimcha ravishda suyuq va sochiluvchan masalliqlarni me'yorlash uchun hajmi 700 ml bo'lgan o'lchov stakani mavjud.