Tefal FV1R15F1 dazmoli toraytirilgan uclik va taglik bilan korpus o'rtasidagi ariqchaga ega, bu sizga tugmalar orasidagi yetib borish qiyin bo'lgan joylarni qulayroq va sinchkovlik bilan dazmollash imkonini beradi. Jihozni elektr tarmog'iga ulash uchun 1.8 metrli shnur ko'zda tutilgan. Qurilma taglikning bug' kanallarida qasmoq to'planishidan himoyalangan. Bug'siz dazmollash uchun quruq dazmollash rejimi mavjud. Vertikal bug'lash osilgan pardalardagi va kiyim ilgichdagi ustki kiyimlardagi g'ijimlarni yo'qotish imkonini beradi. Tomchilarga qarshi tizim kiyimlarni past haroratlarda dazmollashda suv oqib ketishining oldini oladi.
Havorang korpusdagi Tefal FV1R15F1 dazmoli 2000 W quvvatga ega bo'lib, buning yordamida jihoz yoqilgandan so'ng uning tagligi tez qiziydi. 90 g/min gacha tezlikdagi bug' zarbasi funksiyasi o'ta o'jar g'ijimlarni yo'qotishni va bir necha qatlam qilib taxlangan ko'rpa-to'shaklarni dazmollashni ta'minlaydi. Rezervuarga matoga bug' bilan ishlov berish uchun zarur bo'lgan 200 ml gacha suv sig'adi. Kuymaydigan qoplama tufayli dazmol tagligi har qanday fakturadagi va har qanday darajada g'ijimlangan kiyimlar bo'ylab oson siljiydi.